RFID

O‘zbekistonda ilk bor RFID texnologiyalari asosidagi avtomatlashtirilgan namunaviy kutubxona

Joriy yilning 29 oktabr kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bosh ilmiy-metodik markaz, Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazi hamda Rossiyaning ID LOGIC kompaniyasi bilan hamkorlikda “INFOLIB 2019” axborot-kutubxona haftaligi doirasida tashkil etilgan RFID texnologiyalari asosidagi avtomatlashtirilgan namunaviy kutubxonaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.