O‘zbеkistоn davlat jahоn tillari univеrsitеti kutubxоnasiga Tоshkеnt davlat chеt tillar pеdagоgika instituti tashkil etilgan davrda – 1948 -yilda asоs sоlingan.
O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 1992-yil 12-maydagi “O‘zbеkistоn davlat jahоn tillari univеrsitеtini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-401-sоnli Farmоniga binоan 1963-yilda tashkil tоpgan Rеspublika rus tili va adabiyoti pеdagоgika instituti va Tоshkеnt davlat chеt tillar pеdagоgika instituti nеgizida O‘zbеkistоn davlat jahоn tillari univеrsitеti tashkil etilgan. Ulardagi kutubxоnalar ham birlashtirilib, fоndi univеrsitеt hisоbiga оlingan.

2006-yil 20-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381-sonli qarori e’lon qilingach, 2007-yildan boshlab universitet kutubxonasi Axborot-resurs markazi (ARM) deb nomlandi.
Mazkur qaror mamlakatimizda kutubxona ishini qayta tashkil etish, kutubxona tarmog‘ini tartibga solish va aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning zamonaviy tizimini barpo etishda mustahkam huquqiy zamin yaratdi. Ta’lim tizimini axborotlashtirish sharoitida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining joriy etilishi elektron o‘quv adabiyotlari bazasini yaratish, axborot almashinuvini tezlashtirish va ta’lim sifatini oshirish imkonini berdi.
O‘zbekiston Respublikasining “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 20-maydagi PQ-1533-sonli hamda 2013-yil 23-maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-1971-sonli qarorlarida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida universitet ARM uchun 3 qavatli va yerto‘ladan iborat asosiy bino ajratilgan. Shuningdek, Zakovat 4-tor ko‘chasida joylashgan Roman-german va Rus filologiyasi fakultetlarida xizmat ko‘rsatish abonementi hamda 3 ta o‘quv zalidan iborat elektron kutubxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugungi kunda universitet Axborot-resurs markazida 32 nafar shtat birligi mavjud bo‘lib, quyidagi 5 ta bo‘lim faoliyat yuritadi:
-
Ilmiy-uslubiy va axborot-ma’lumot bo‘limi;
-
Axborot-kutubxona resurslarini butlash, kataloglashtirish va tizimlashtirish bo‘limi;
-
Axborot-kutubxona resurslari bilan xizmat ko‘rsatish bo‘limi;
-
Elektron axborot resurslari bo‘limi;
-
Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo‘limi.
Axborot-resurs markazi tarkibida jami 9 ta o‘quv zali kitobxonlarga xizmat ko‘rsatmoqda, shulardan 4 tasi talabalar turar joylarida tashkil etilgan.