O‘ZBЕKISTОN DAVLAT JAHОN TILLARI UNIVЕRSITЕTI AХBОRОT-RЕSURS MARKAZI

O‘zbеkistоn  davlat jahоn tillari univеrsitеti  kutubxоnasiga  Tоshkеnt  davlat  chеt tillar  pеdagоgika  instituti tashkil etilgan davrda – 1948 -yilda asоs sоlingan.

 

O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 1992-yil 12-maydagi “O‘zbеkistоn davlat jahоn tillari univеrsitеtini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-401-sоnli Farmоniga binоan 1963-yilda tashkil tоpgan Rеspublika rus tili va adabiyoti pеdagоgika  instituti  va Tоshkеnt  davlat  chеt tillar  pеdagоgika  instituti nеgizida O‘zbеkistоn davlat jahоn tillari univеrsitеti tashkil etilgan. Ulardagi kutubxоnalar ham birlashtirilib, fоndi univеrsitеt hisоbiga оlingan.

2006-yil 20-iyunda O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining “Rеspublika ahоlisini aхbоrоt-kutubхоna bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi  PQ-381-sоnli  qarоri e’lоn qilinganidan so‘ng  2007- yildan univеrsitеt kutubхоnasi aхbоrоt-rеsurs markazi dеb nоmlandi.

Responsive image

 

   

Axborot-resurs markazi ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 552-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi “Axborot-kutubxona faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 371-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Universitet axborot-resurs markazi to‘g‘risida nizom”, “Axborot-resurs markazida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-resurs markazi fondini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, “Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Axborot-kutubxona resurslarini axborot-resurs markazining fondlari hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, shuningdek “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari”, 2011-yilda qabul qilingan “O‘zDJTU axborot-resurs markazi elektron kutubxonasi to‘g‘risida Nizom”, 2018-yildagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazini badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan ta’minlash to‘g‘risida Nizom” kabi me’yoriy-huquqiy hujjatlar, universitet kengashi qarorlari hamda rektorat buyruqlari ijrosini ta’minlash asosida olib boradi.

Axborot-resurs markazi binolari shaharning 5 ta hududida joylashgan bo‘lib, tarkibida 5 ta xizmat ko‘rsatish abonementi, 732 o‘rinli 9 ta ochiq fondli o‘quv zali, 157 dona zamonaviy kompyuter bilan jihozlangan 4 ta elektron kutubxona, xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarni va til ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun 10 o‘rinli 2 ta munozara xonasi (Discussion room) mavjud. Shuningdek, talabalarning maʼnaviy va barkamol ijodiy kamoloti uchun imkoniyat yaratish, muhim sanalar hamda mashhur kishilar hayoti va ijodiga bag‘ishlangan uchrashuv, taqdimot, asar muhokamasi kabi tadbirlar va treninglar o‘tkazishga mo‘ljallangan 36 o‘rinli anjumanlar zali, Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan hamda koreys tili va madaniyatini targ‘ib qiluvchi 532 nusxa adabiyotga ega “Korea Corner” o‘quv zali, 3 ta adabiyotlarni saqlash depozitariysi faoliyat yuritadi. Ularning barchasida yoritish, mebel jihozlari, isitish va sovitish tizimlarining to‘liq sozligi taʼminlangan.

Elektron o‘quv zallaridagi kompyuterlar lokal tarmoq hamda internetga ulangan bo‘lib, foydalanuvchilar elektron kutubxona katalogidan va elektron resurslardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalanish, adabiyotlarni tanlash hamda buyurtma berish imkoniyatiga ega.

Universitetning Angren fakulteti Axborot-resurs markazi fondida 3 200 nusxa o‘quv, ilmiy, badiiy va qo‘shimcha adabiyotlar mavjud. Fakultetda 32 o‘rinli o‘quv zali hamda 14 ta kompyuter bilan jihozlangan elektron o‘quv zali talabalarga xizmat ko‘rsatmoqda.

Axborot-resurs markazining uzlib.uz internet-portali va rasmiy Telegram kanali (https://t.me/uzlibuz) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, ularda muntazam ravishda kunlik yangiliklar, yangi kelgan o‘quv, ilmiy va badiiy adabiyotlar haqida ma’lumotlar berib boriladi.

Foydalanuvchilar IRBIS-64 avtomatlashtirilgan kutubxona-axborot tizimi orqali ARM fondidagi barcha adabiyotlar va ularning elektron nusxalari to‘g‘risida to‘liq ma’lumot oladilar.

Axborot-resurs markazi dushanba-juma kunlari soat 8:30 dan 22:00 ga qadar xizmat ko‘rsatadi.

Batafsil