O'zDJTU Axborot resurs markazi
O‘ZBЕKISTОN DAVLAT JAHОN TILLARI UNIVЕRSITЕTI AХBОRОT-RЕSURS MARKAZI
O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining 1992-yil 12-maydagi “O‘zbеkistоn davlat jahоn tillari univеrsitеtini tashkil qilish to‘g‘risida”gi PF-401-sоnli Farmоniga binоan 1963-yilda tashkil tоpgan Rеspublika rus tili va adabiyoti pеdagоgika instituti va Tоshkеnt davlat chеt tillar pеdagоgika instituti nеgizida O‘zbеkistоn davlat jahоn tillari univеrsitеti tashkil etilgan. Ulardagi kutubxоnalar ham birlashtirilib, fоndi univеrsitеt hisоbiga оlingan.
2006-yil 20-iyunda O‘zbеkistоn Rеspublikasi Prеzidеntining “Rеspublika ahоlisini aхbоrоt-kutubхоna bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381-sоnli qarоri e’lоn qilinganidan so‘ng 2007- yildan univеrsitеt kutubхоnasi aхbоrоt-rеsurs markazi dеb nоmlandi.
Axborot-resurs markazi ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-sentyabrdagi 552-sonli qarori hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 11-noyabrdagi “Axborot-kutubxona faoliyatiga oid qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 371-sonli buyrug‘i asosida tasdiqlangan “Universitet axborot-resurs markazi to‘g‘risida nizom”, “Axborot-resurs markazida axborot-kutubxona resurslarini hisobga olish va axborot-resurs markazida fondini tekshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom”, “Axborot-resurs markazining axborot-kutubxona fondlarini saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “Axborot-kutubxona resurslarini axborot-resurs markazining fondlari hisobidan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizom” va “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari”, 2011-yilda “O‘zDJTU axborot-resurs markazi elektron kutubxonasi to‘g‘risida Nizom”, 2018-yilda “O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markazini badiiy, ilmiy-ommabop va ma’naviy-ma’rifiy adabiyotlar bilan ta’minlash to‘g‘risida Nizom" kabi me’yoriy-huquqiy xujjatlar, universitet kengashi qarorlari hamda rektorat buyruqlari ijrolarini ta’minlash asosida faoliyat olib boradi.
Axborot-resurs markazi binolari shaharning 4 ta hududida joylashgan, 4 ta xizmat ko‘rsatish abonementlari, 9 dona 700 o‘rinli ochiq fondli o‘quv zallari, 103 dona zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan 5 ta elektron kutubxona, xorijiy tillar bo‘yicha bilimlarni va til ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun 6 dona 10 o‘rinli munozara xonalari, talabalarni maʼnaviy boy va barkamol ijodiy o‘sishi uchun imkoniyatlar yaratgan holda muhim sanalar hamda mashhur kishilarning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan uchrashuv, taqdimot, asar muhokamasi kabi qiziqarli tadbirlar va treninglar o‘tkazish uchun qulayliklar yaratilgan 36 o‘rinli anjumanlar zali, Koreya Respublikasining O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi hamkorligida tashkil etilgan barcha qulayliklarga ega va Koreya madaniyati, talaba-yoshlar orasida koreys tilini o‘rganishni targ‘ib qiluvchi 532 nusxa adabiyotlarga ega Korea Corner o‘quv zali, 3 ta adabiyotlarni saqlash depozitariylari mavjud bo‘lib, ularning yoritish tizimi, mebel jixozlari, isitish va sovitish tizimlari butligi taʼminlangan.
Universitet fakultetlari 4 ta xududda joylashgan bo‘lib, har bir fakultetda Axborot-resurs markazi hamda o‘quv zallari faoliyat ko‘rsatadi. Jami o‘rindiqlar soni 700 tani tashkil etadi. Shuningdek 56 o‘ringa ega kompyuterlashtirilgan 3 ta elektron o‘quv zallari mavjud. Kompyuterlar lokal tarmoq va xalqaro internet tarmoqlari orqali ulangan bo‘lib, foydalanuvchilar elektron kutubxona katalogidan va elektron resurslardan foydalanish, tanlash va buyurtma berish imkoniyatiga ega.
Talabalarni mustaqil til ko‘nikmalarini oshirish maqsadida 2 ta 10 o‘rindan iborat “Discussion room” xonalar tashkil etilgan.
Axborot-resurs markazining internet-portali uzlib.uz mavjud.
ARM rasmiy kanali (https://t.me/uzlibuz) ijtimoiy telegram tarmog‘ida talabalarning ma’naviy - maʼrifiy boyligini kuchaytirish maqsadida kunlik yangiliklar, o‘quv, ilmiy adabiyotlari, badiiy asarlar haqida ma’lumotlar joylashtirilgan.
Foydalanuvchilar IRBIS-64 dasturi orqali Axborot-resurs markazi fondida mavjud adabiyotlar va ularning elektron nushalari to‘g‘risida ma’lumotlarni oladilar.
Axborot-resurs markazi tomonidan professor-o'qituvchilari, tayanch doktorantura, doktorantura, mustaqil izlanuvchilar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar professor-o‘qituvchlar va talabalarning salohiyatini oshirish, ilmiy - tadqiqot ishlarini olib borishda hamda dissertatsiyalarni tayyorlashda katta yordam beradigan jahon standartlariga mos keladigan maqolalar yozish va o‘z maqolalarini tahrir xay’atiga yuborish imkoniyati darajasini oshirish maqsadida Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Web of Science, Science Direct ilmiy - texnik ma’lumotlar bazasiga 3 yilga va Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxona tomonidan EBSCO_Host, Science, Spinger, Elibrary.ru Scopus va SciVal obuna bo‘lingan. Shu jumladan Axborot-resurs markazida ilmiy jurnallarni va elektron o‘quv adabiyotlari o‘zida aks ettirgan ilmiy ma’lumotlar ba’zalariga foydalanish imkoniyati mavjud va o‘quv zalida xaftaning har chorshanba kuni taqdimotlar o‘tkaziladi.
Axborot-resurs markazi dushanba-juma kunlari 8:30-22:00gacha va shanba kunlari 8:30-17:00 ga qadar faoliyat yuritadi.