ARM

Ta’lim sohasida Koreya bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

Joriy yilning 4-dekabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Koreyaning O’zbekistontondagi favqulodda va muxtor elchisi Kan Chje Kvon janoblari hamda Gu Kvan Il (ta’lim va madaniyat ishlari bo’yicha attashe) tashrif buyurishdi. Mehmonlarni O’zDJTU rektori G’anisher Raximov boshchiligidagi universitet vakillari kutib oldilar.

“Oxford University Press” ning Rossiya va MDH davlatlari menejeri O’zDJTUda seminar-trening tashkil qildi

Joriy yilning 30-oktabr kuni O’zbekiston davlat jahon tillari universitetiga “Oxford University Press” ning Rossiya va MDH davlatlari menejeri Marcin Dembowski hamda «E-LINE PRESS» kompaniyasining xalqaro nashriyotlar bilan ishlash bo’limi menejeri Yuliya Eshmetova tashrif buyurdi.

O`zDJTUda kitob yarmarkasi bo`lib o`tdi

O`zbekiston davlat jahon tillari universitetida O`zbekiston Respublikasi Yoshlarga oid davlat siyosati ijrosini samarali amalga oshirilishini ta’minlash, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beshta tashabbusning ijrosini ta’minlash, shuningdek, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o`rtasida kitobxonlikni keng targ`ib qilish maqsadida joriy yilning 30-oktabr kuni Ingliz tili 2-fakultetida “Kitob yarmarkasi” bo`lib o`tdi.

Ўзбек тилига давлат тили мақоми берилганига 30 йил тўлди

21- октябрь "Давлат тили хақида"ги  қонуни қабул қилинганинг ўттиз йиллиги муносабати билан Ўзбекистон давлат жаҳон тиллари университети қошидаги Ахборот ресурс марказида "Ўзбек тили давлат тили " мавзусида давра суҳбати бўлиб ўтди. Дунёдаги қадимий ва бой тиллардан бири бўлган ўзбек тили халқимиз учун миллий ўзлик ва мустақил давлатчилик тимсоли, бебаҳо маънавий бойлик, мамлакатимизнинг сиёсий-ижтимоий, маънавий-маърифий тараққиётида ғоят муҳим ўрин эгаллаб келаётган буюк қадриятдир.